Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Charm-poyabzal sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
18:12 / 2021-01-24

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasida “East West Tanners” kompaniyasi rahbari Muhammad Yunus va Hindiston Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va dizayn instituti boshqaruvchi direktori Arun Kumar Sinxa bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv mamlakatimiz ishlab chiqarish tarmoqlariga xorijiy investorlarni jalb qilish, mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida tashkil etildi. Unda hind tomoniga O‘zbekiston charm-poyabzal sohasidagi mavjud imkoniyatlar xususida batafsil ma’lumot berildi, tarmoqqa oid aniq loyihaviy takliflar taqdim etildi.

“East West Tanners” kompaniyasi rahbari M.Yunus charm-poyabzal sohasida hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirdi. Bu borada sohaga malakali mutaxassislar yetkazib berish va ularni tizimli ravishda qayta tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

Hindiston Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va dizayn instituti boshqaruvchi direktori Arun Kumar Sinxa Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan tegishli yo‘nalishlarda hamkorlik o‘rnatishga tayyor ekanini ma’lum qildi.