Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chaqqonlik, iroda va mahorat o‘yini
18:44 / 2023-04-17

FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida sportning voleybol turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman va shaharlardan 17 jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Qizg‘in va murosasiz o‘yinlar natijasiga ko‘ra yigitlar o‘rtasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi 1-o‘rinni, Qoraqalpog‘iston o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi 2-o‘rinni, Qorao‘zak tumani vakillari 3-o‘rinni egalladi.

[gallery-11492]

Qizlar o‘rtasida ham O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi peshqadamlik qildi. Keyingi o‘rinlarni Nukus shahar  1-sonli sport maktabi va Qorao‘zak tumani jamoalari qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar musobaqa tashkilotchilari tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA