Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlov tizimi takomillashtirilmoqda
12:02 / 2025-08-11

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 15 noyabrdagi “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, o‘quvchilarda harbiy-vatanparvarlik ruhini kuchaytirish hamda fan o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida Surxondaryo viloyatida o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi.                

O‘quv yig‘inda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ularga zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar va interaktiv dars o‘tish uslublari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.       

[gallery-24704]

Tadbir doirasida o‘qituvchilarga dars jarayonida AKT vositalaridan samarali foydalanish, o‘quvchilar bilan muloqotda ishtiyoqni oshirish usullari hamda zamonaviy o‘quv rejalariga mos holda mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Qatnashchilar tomonidan o‘z hududlarida bu boradagi faoliyatni yanada takomillashtirish, yoshlar o‘rtasida harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar bildirildi.

Bu kabi yig‘inlar kelgusida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlov tizimini takomillashtirish, harbiy sohaga oid bilimlarni o‘quvchilarga to‘g‘ri yetkazish va o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA