French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari malaka oshirmoqda
14:50 / 2024-01-05

Toshkent shahridagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun o‘quv yig‘ini tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida o‘tkazilayotgan o‘quv yig‘ini chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining bilim va malakasini oshirish, jangovar shayligini sinovdan o‘tkazish, ularda Vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish maqsadiga qaratilgan. 

[gallery-15328]

5 kun davom etadigan tadbir mobaynida o‘qituvchilarning Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarixi davlat muzeyi va Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga ekskursiyalari tashkil etiladi.

O‘quv-yig‘inida qatnashib, maxsus sertifikatga ega bo‘lgan 56 nafar o‘qituvchi yig‘inda olgan bilimi asosida Milliy gvardiyaning hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda joylarda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun kaskad usulida o‘quv-yig‘inlarini davom ettiradi.

Kamola Yusupova, Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA