Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chaqiruv jarayonlari bilan bog‘liq mashg‘ulot o‘tkazildi
07:55 / 2026-02-15

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida chaqiruv tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni yuqori darajada tashkil etishga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi.

Tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining Mudofaa ishlari boshqarmasi, shahar va tuman mudofaa ishlari bo‘limlarining rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy, hududiy tibbiy, hududiy butlash komissiyalari a’zolari, kuch tuzilmalari boshqarma va bo‘limlari mutaxassislari ishtirok etdi. 

Tadbir davomida 2026-yilgi chaqiruv jarayonlarini zamonaviy va shaffof tarzda tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Mudofaa vazirligining “Raqamlashtirilgan axborot tizimi va ma’lumotlar bazasi” doirasidagi “Chaqiruv” tizimosti dasturidan samarali foydalanish, ma’lumotlarni aniq va tezkor kiritish hamda korrupsiya va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tibbiy komissiyalar faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish tartibi yuzasidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar elektron tizim orqali tibbiy xulosalarni rasmiylashtirish, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash hamda hujjatlarni shakllantirish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri.