Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chaplin oilasi Londondagi Kino muzeyini saqlab qolishga chaqirmoqda
13:05 / 2017-12-14

Charli Chaplin oilasi vakillari Londondagi Kino muzeyini saqlab qolishga chaqirmoqda. Ushbu muzey o‘z davrida ovozsiz kinoning afsonasiga aylangan Charli Chaplinning bolaligi bilan bog‘liq muhim joy bo‘lib, ayni paytda yopilish arafasida turibdi.

Muzey 19 yildan beri London janubidagi Lambeth Workhouse binosida faoliyat yuritib keladi. Mazkur bino boshqa bir tashkilotga sotilgani bois muzeyning undan chiqarilishi ma’lum qilingan.

Muzey va bino egasi (SLAM) o‘rtasidagi ijara shartnomasi 2018-yil mart oyida tugaydi. Shu munosabat bilan muzey rahbariyati ushbu tashkilotni muammoga yechim topish bo‘yicha hamkorlikka chaqirmoqda.

Charli Chaplin oilasi vakillari, xususan, uning qizi Jeraldina Chaplinning so‘zlariga ko‘ra, mazkur bino Charli Chaplin hayotining birinchi qismida muhim o‘rin tutgan.

Zebiniso Ro‘ziyeva tayyorladi