Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Changli havoda nima qilish kerak?
07:35 / 2023-09-12

Mamlakatimiz hududlarida chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik-derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirishi mumkin.

Bunday paytda Sanepidqo‘mita axborot xizmati tavsiyalariga ko‘ra,  ko‘chaga iloji boricha kamroq chiqish lozim. Nafas yo‘li surunkali kasalliklari borlarga esa changli havoda tashqariga chiqmaslik tavsiya etiladi.  

Shuningdek:  

- ishga, o‘qishga, xarid uchun ko‘chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;

- ko‘chadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-ko‘zlarni yaxshilab yuvish);

- kalit, ko‘zoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;

- ko‘chaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish;  

- ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;

- nim ta’sir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;

- ko‘proq suyuqlik (iliq holda) ichish, iloji bo‘lsa ko‘k choy, na’matak damlamasini ichish;

- yog‘li, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, sho‘r, achchiq taomlarni cheklash;  

- suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotlari (qatiq, kefir va boshqalar), ko‘katlarni iste’mol qilish;  

- chang ko‘p to‘planishining oldini olish va uyni hamda yuzalarni tozalash;  

- uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;

- chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan hamma narsalarni chang yutkich yordamida tozalash; (kovrolin, gilam, yumshoq mebel, yumshoq o‘yinchoqlar va boshqalar). Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan o‘ralishi tavsiya etiladi.

- chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish;

- oyoq kiyimlarini eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qo‘yish;

- xona havosi optimal namligini ta’minlash: ho‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yish tavsiya etiladi.  

O‘zA