Chaddagi to‘qnashuvlarda 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Chad g‘arbida jamoalararo to‘qnashuvlar ro‘y bergan.
Oqibatda kamida 22 kishi halok bo‘ldi, yana 18 kishi yaralandi, deya xabar berdi mahalliy Al Wihdas gazetasi.
Ma’lum bo‘lishicha, to‘qnashuvlar Xajer-Lamis viloyatining Xaraja qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
- Mojaro qishloq xo‘jaligi yerlariga egalik qilish haqidagi nizo tufayli kelib chiqqan, - deyiladi xabarda.
To‘qnashuvlar bir necha soat davom etgan, tomonlar qurol ishlatgan. Hukumat tezda hududni qo‘riqlash va tartibni saqlash uchun xavfsizlik kuchlarini safarbar etgan.
Zo‘ravonlikka undagan va to‘qnashuvlarda ishtirok etganlikda gumon qilingan bir necha kishi hibsga olingan.
Ta’kidlash kerak, voqea joyiga vazirlar delegatsiyasi ham kelgan va vaziyat bilan tanishib chiqqan.