Chadda muxolifat yetakchilaridan biri Solih Kebzabo mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi. Mamlakat prezidenti Muhammad Idris Debi shu haqda farmon chiqardi.
Chadda muxolifat yetakchilaridan biri Solih Kebzabo mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi. Mamlakat prezidenti Muhammad Idris Debi shu haqda farmon chiqardi.
"Solih Kebzabo o‘tish davri hukumatining bosh vaziri etib tayinlandi", – deyiladi farmonda. Hujjat Télé Tchad davlat televideniyasi efirida o‘qib eshittirilgani aytilmoqda.
O‘tgan seshanba kuni Chad prezidenti idorasi mamlakatning o‘tish davri hukumati bosh vaziri Alber Paximi Padake o‘tish davrining birinchi bosqichi nihoyasiga yetishi munosabati bilan iste’foga chiqdi, deb xabar tarqatgan edi.
2021 yil aprel oyida Chadni ko‘p yillar davomida boshqarib kelgan prezident Idris Debi mamlakat shimolida isyonchilarga qarshi janglarda jarohat olib vafot etgan edi. Chad harbiylari ushbu voqeadan keyin parlament va hukumat tarqatib yuborilishi hamda mamlakatni boshqarish uchun 15 a’zodan iborat o‘tish davri harbiy kengashi tuzilganini ma’lum qildi. Kengashni halok bo‘lgan prezidentning o‘g‘li 37 yoshli general Muhammad Idris Debi boshqaradigan bo‘ldi. Harbiylar o‘shanda mamlakatda o‘tish davri bir yarim yil davom etishini, shundan keyin saylovlar o‘tkazilishi aytgan edi.
2022 yil oktyabrda harbiy kengash tarqatildi, Muhammad Idris Debi esa Chad respublikasining vaqtinchalik prezidenti deb elon qilindi.