Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chad Prezidenti qarorgohiga jangarilar hujum qildi
12:40 / 2025-01-09

Chad hukumati ma’lum qilishicha, chorshanba kuni qurolli shaxslar poytaxt Njamenada Prezident majmuasiga hujum uyushtirgan.

"Al-Arabiya" axborotiga qaraganda, "Boko Haram" va Prezident saroyi himoyachilari o‘rtasidagi otishma chog‘ida, dastlabki ma’lumotga ko‘ra, jangarilardan 18 kishi, hukumat xavfsizlik xizmati vakillaridan bir xizmatchi halok bo‘lgan.

– Hujum mamlakat Qurolli kuchlari tomonidan qaytarildi, vaziyat nazorat ostida, – deyilgan xabarda.

Hodisadan bir necha soat oldin qarorgohda Prezident Muhammad Idriss Debi Itno, tashqi ishlar vaziri Van Li va boshqa yuqori martabali amaldorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.