Chad chegaralari ochildi
Chad prezident Idris Debi vafotidan keyin yopilgan quruqlik va osmon chegaralarini boshqa davlatlar uchun ochdi.
“Frans Press” bu haqda mamlakatdagi harbiylarning o‘tish kengashi ma’lumotiga ko‘ra xabar bergan.
Chad armiyasining rasmiy vakili, general Azim Bermando Agunning aytishicha, mamlakatda e’lon qilingan favqulodda holat muddatini ham qisqartirilishi e’lon qilingan.
Prezidentning o‘limidan keyin 18:00 dan 5:00 gacha komendantlik soati joriy qilingan bo‘lsa, hozir bu soat 20:00 dan boshlanishi belgilandi.