Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"CARTOON MOVIE — 2021" animatsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda
15:39 / 2021-03-12

Xalqaro "CARTOON MOVIE" dunyodagi yirik animatsion forum bo‘lib, unda multiplikatsion to‘liq metrajli filmlar taqdimoti o‘tkaziladi.

Mazkur forumda har yili Fransiyaning Bordo shahrida 800 ga yaqin art-prodyuser, distribyutor va investorlar to‘planib, ekranga chiqadigan yangi animatsion loyihalarni baholashadi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, pandemiya sababli bu yilgi tadbir onlayn formatda o‘tmoqda. Unda 16 ta Yevropa mamlakatidan 55 ta animatsion film loyihalari namoyish etiladi. Jumladan, Fransiyadan 20 dan ortiq, Ispaniyadan 9 ta loyiha namoyishga qo‘yilgan. Loyihalarni saralashda ularning tomoshabopligi, idealligi va tarbiyaviy jihatlariga ahamiyat beriladi. Taqdimotlarni internet orqali kuzatish mumkin.