Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Carnegie Europe global masalalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishga tayyor
11:29 / 2022-03-10

Bryusselda (Belgiya) “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari E.Tulyakov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Carnegie Europe rahbariyati – Roza Balfur (tahlil markazi direktori) va Liza Kurukulasuriya xonimlar (rivojlanish bo‘yicha katta menejer) bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Carnegie Europe tashkilotining asosiy faoliyati global va mintaqaviy muammolar, Yevropa tashqi siyosati, qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni o‘rnatish, iqlim va ekologik o‘zgarishlar, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi boshqa masalalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borishdir.

Liza Kurukulasuriya xonimning so‘zlariga ko‘ra, Carnegie Europening faoliyatini baholash internet kanallari abonentlari va mijozlarining turli yo‘nalishlarda o‘tkazilgan tadqiqotlari bo‘yicha fikr-mulohazalariga asoslanadi.

Shu bilan birga, tadqiqot natijalarini yetkazish usullari – bu davra suhbatlari, treninglar, seminarlar, professional nashriyot jamoasining sa’y-harakatlari bilan internetdagi nashrlar va ijtimoiy kanallar, “Jude ask” kabi strategik yangiliklar bloklarida ma’lumotlarni joylashtirish va boshqalardir.

E.Tulyakov Carnegie Europe vakillarini olib borilayotgan tadqiqot yo‘nalishlari va “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyati bilan tanishtirdi.

Uchrashuvda Carnegie Europe bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi maqsad va vazifalaridan kelib chiqadigan tabiiy-iqlimiy xarakterga ega muammolarini hal etish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, atrof-muhit ifloslanishi va toza energiyadan foydalanish kabi sohalarda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

O‘zA