Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Canberra Challenger”: Polina Kudermetova yarim finalga yo‘l oldi
10:10 / 2026-01-08

Butunjahon ayollar tennis uyushmasi tomonidan Avstraliyada o‘tkazilayotgan “Canberra Challenger” xalqaro turnirida Polina Kudermetova yarim finalga chiqdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Polina Kudermetova yakkalik bellashuvlarning chorak finalida xitoylik Yue Yuan bilan raqobatlashdi. Ushbu o‘yinda Polina raqibiga faqatgina birinchi setda bittagina geymni boy bergan bo‘lsa, ikkinchi setni 6:0 hisobida o‘z foydasiga hal etdi.

Endi P.Kudermetova “Canberra Challenger”  xalqaro turnirining yarim finalida yaponiyalik Himeno Sakatsume va gruziyalik Yekaterina Gorgadze o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi bilan kuch sinashadi. Mazkur bahs 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA