Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Call center”da bir kun
13:16 / 2020-05-03

Koronavirus pandemiyasi davrida bir-birimizga yelkadosh, mehr-oqibatli, mehr-muruvvatli boʻlish fuqarolik burchimizdir.


Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” DP faollari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Navoiy viloyati boshqarmasi negizida tashkil etilgan “Call center”ning 1197 qisqa raqamida bir kunlik navbatchilikni amalga oshirdilar. Partiya faollari va deputatlaridan iborat guruh oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalari yuzasidan boʻlayotgan qoʻngʻiroqlarni yozib olishib, roʻyxatini shakllantirishdi.

Koronavirus pandemiyasi davrida bir-birimizga yelkadosh, mehr-oqibatli, mehr-muruvvatli boʻlish fuqarolik burchimizdir. Chunki biz boshiga tashvish tushgan kunlarda yaqinlari bilan borini baham koʻradigan saxovatli elmiz. Azaldan xalqimiz orasida yordamga muhtoj kishilarga koʻmaklashish, ogʻirini yengil qilish ezgu anʼanaga aylangan.

– Aholi oʻrtasida koronavirus pandemiyasi davrida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish, iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan 1197 qisqa raqamli “Call center”ga aholi tomonidan tinimsiz murojaatlar boʻlmoqda, – deydi partiyadan xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputat Feruza Fayziyeva. – Ochigʻi, bu yerdagi ishlar koʻlamini oʻzim shu yerda ishlamagunimcha taassavur qilmagan edim. Televizorda koʻrganimda oʻtrib olib telefonga javob berishadi-da, deb oʻylardim. Ammo bu yerdagi qaynoq hayotni koʻrib, volontyorlarimiz fidokorligiga yana bir bor tahsin aytdim. Navbatchiligimiz jarayonida esa 300 ga yaqin murojaatlarni qabul qildik va tegishli tartibda roʻyxatini shakllantirdik.

Albatta, kuniga markazga oʻz ehtiyojidan kelib chiqqan holda kimdir oziq-ovqat, yana kimdir dori-darmon soʻrab murojaat qilishadi. Yana kimdir esa...

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Navoiy viloyati boshqarmasi huzuridagi xayriya mablagʻlarini muvofiqlashtirish markazi vakili Gulnoz Aslonovaning aytishicha, shu kunga qadar 13 mingdan ziyod murojaat yozib olingan boʻlsa, ularning 9 mingdan ziyodi ijobiy hal etildi. Qolganlari-chi dersiz?

– Aslida ushbu markaz iqtisodiy qiynchilikka duch kelgan, 65 yoshdan katta, ijtimoiy nochor, oʻzgalar parvarishiga muhtoj qatlamni oziq-ovqat va dori-darmon vositalari bilan taʼminlash uchun tashkil etilgan, desak adashmaymiz. Ammo shunday yurtdoshlarimiz ham borki, turli masalalarda murojaat qilishadi. Joylardagi mahalla xodimlari tomonidan ayrim murojaat egalari ahvoli borib oʻrganilganda, toʻgʻrisi hayratlanasiz. Toʻrt muchasi sogʻ, iqtisodiy ahvoli yaxshi boʻla turib arzimagan muammolar uchun telefon liniyasini band qilishadi. Qolgan 4000 ming nafar murojaatlar ana shunday murojaatlar toifasiga kirganligi bois ularning oilaviy sharoitini oʻrgangan holda hozircha eʼtibordan chetga olib turibmiz.

“Call center”da telefon orqali murojaatlarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda.

Abduvali Boʻriyev,
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” DP Navoiy viloyati kengashi matbuot kotibi.