“CAFA U18 Women's Championship-2025” turniri nihoyasiga yetdi
FOTOREPORTAJ
Milliy futbol markazida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “CAFA U18 Women's Championship-2025” turnirining hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada qizlarimiz eronlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushdi. Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuv 3:2 hisobida vakilalarimiz foydasiga hal bo‘ldi.
Turnirda mamlakatimiz sportchi qizlari bilan birga, Qirg‘iziston, Eron, Tojikiston, Turkmanistondan tashrif buyurgan futbol jamoalari bahs olib bordi.
[gallery-26481]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3 ta g‘alaba va 1 ta durang bilan 10 ta ochko to‘play olgan futbolchi qizlarimiz guruh peshqadamiga aylandi hamda “CAFA U18 Women's Championship-2025” turniri g‘olibi bo‘ldi.
Kamola Yusupova,
Muhammad Amin (surat), O‘zA