French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"CAFA Nations Cup": O‘zbekiston bugun O‘mon bilan o‘ynaydi
09:19 / 2025-08-30

Futbol bo‘yicha "CAFA Nations Cup" turniri bugun start oladi. Mazkur musobaqada jamoalar ikki guruhga bo‘lingan holda o‘yin o‘tkazadilar. Jumladan O‘zbekiston terma jamoasi "A" guruhida O‘mon, Turkmaniston hamda Qirg‘iz Respublikasi bilan poytaxtimizda o‘yin o‘tkazadi. "B" guruhidagi uchrashuvlar esa Tojikistonda bo‘lib o‘tadi. Darvoqe, ushbu guruhdan mezbonlardan tashqari Eron, Hindiston va Afg‘oniston termalari o‘rin olgan.

30 avgust kuni poytaxtimizning "Jar" stadionida  Qirg‘iz Respublikasi va Turkmaniston terma jamoalari bahsi ushbu nufuzli musobaqani boshlab beradi. O‘yin mamlakatimiz vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. O‘zbekiston hamda O‘mon to‘qnashuvi yangi qurib bitkazilgan "Olimpiya" stadionida o‘tkazilsa soat 19:30 boshlanadi.

Terma jamoamiz ushbu uchrashuvda to‘liq oq libosda, darvozabonimiz yashil libosda o‘tkazadi. Mehmonlar esa o‘zlarining an’anaviy qizil futbol libosida maydonga tushadilar.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston va O‘mon terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar tarixini yodingizga solib o‘tishni lozim topdik. Jamoalar bugunga qadar jami 7 ta o‘yinda o‘zaro raqobatlashgan. Afsuski, ushbu o‘yinlarning 4 tasida O‘mon g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 ta o‘yin futbolchilarimiz foydasiga yakunlangan. Termalar so‘nggi bora, 2023 yilda Toshkentda o‘tgan "CAFA Nations Cup" turnirida raqobatlashgan. O‘shanda Terma jamoamiz  3:0 hisobida zafar quchgan.To‘plar nisbati 12/9 O‘zbekiston foydasiga.

Umid qilamizki, bugungi o‘yinda futbolchilarimiz faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi hamda o‘zaro o‘yinlar statistikasidagi hisobni tenglashtiradilar.

Javohir Toshxo‘jayea, O‘zA