French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
CAFA guruh bosqich o‘yinlarining sanasi e’lon qilindi
12:34 / 2023-04-27

Joriy yilning 10-20 iyun kunlari Toshkent va Bishkek shaharlarida "CAFA NATIONS CUP-2023" musobaqasi tashkil etiladi. Musobaqa nizomiga binoan "A" guruh bahslari Toshkentda, "B" guruh o‘yinlari Bishkekda bo‘lib o‘tadi.

Taqvimga ko‘ra, O‘zbekistonda 1-tur bahslari 11 iyun, 2-tur 14 iyun hamda 3-tur uchrashuvlari 17 iyunda o‘tkazilishi belgilangan. Qirg‘iziston Respublikasida esa guruh o‘yinlari 10, 13 va 16 iyun kunlari o‘tkaziladi, deyiladi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabarida.  

 Guruhda g‘oliblikka erishgan jamoalar finalda, ikkinchi o‘rin sohiblari 2-o‘rin uchun kurash olib boradi.  

 "CAFA NATIONS CUP-2023" final va 3-o‘rin uchun kechadigan bahslar 20 iyun kuni mamlakatimiz poytaxti Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

 T. Ro‘ziyev, O‘zA