Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“CAFA Futsal Cup-2023”: Ilk g‘alaba qolgan o‘yinlarga ta’sir ko‘rsatadimi?
13:18 / 2023-07-24

Kecha, 23 iyul kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida futzal bo‘yicha “CAFA Futsal Cup-2023” uchrashuvlari boshlandi.

Kecha, 23 iyul kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida futzal bo‘yicha “CAFA Futsal Cup-2023” uchrashuvlari boshlandi.  

Ilk bosqich o‘yinlarida O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Qirg‘iziston, Afg‘oniston jamoalari uzaro kuch sinashadi.  

Qur’a natijalariga ko‘ra, kecha O‘zbekiston futzal terma jamoasi dastlabki 1-tur uchrashuvini Tojikiston jamoasiga qarshi o‘tkazdi.  

Shiddatli o‘tgan o‘yinda hamyurtlarimiz raqiblarini 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Tojikiston darvozasiga yo‘llangan gollarga terma jamoamiz a’zolaridan Dilshod Rahmatov, Husniddin Nishonov, Akbar Usmonov va Ilhom Hamroyev mualliflik qildi.  

Bugun, 24 iyul kuni terma jamoamiz a’zolari Afg‘oniston jamoasi bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi ko‘k libosda harakatlanadi.  

Eslatib o‘tamiz, “CAFA Futsal Cup-2023” o‘yinlari 30 iyulgacha davom etadi. O‘zbekiston terma jamoasi 26 iyulda Turkmaniston, 28 iyulda Eron, 30 iyul kuni Qirg‘iziston jamoasiga qarshi maydonga tushadi.    

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA