Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlari olis qishloq va ovullargacha eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqilligimizning o‘ttiz to‘rt yilligi bayrami “Vatan uchun, millat, uchun, xalq uchun!” ezgu g‘oyasidan ruhlangan holda shodlik bilan nishonlanmoqda.
Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida ham Vatanimiz istiqloli xushkayfiyatda bayram qilindi.

So‘zga chiqqanlar yurtimiz uzra ozodlik quyoshi porlagan qutlug‘ sana bilan muborakbod etib, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan olamshumul islohotlarga hamohang ravishda prokuratura organlari, xususan Majburiy ijro byurosi faoliyati ham takomillashib borayotganligi, keyingi yillarda sohaga doir muhim qonunlarga o‘zgaritirish kiritilayotgani, farmon va qarorlar qabul qilinayotganini alohida ta’kidladi.

Bayram tadbiri davomida MIB viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Mirzaahmedovga respublika Bosh prokurori buyrug‘iga asosan uchinchi darajali “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, boshqarma, shahar va tumanlar bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan, o‘zining mehnati va fidoyiligi bilan o‘rnak bo‘layotgan xodimlar Bosh prokuror, Byuro direktori va boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.