Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish nimalarga bog‘liq?
12:24 / 2023-12-07

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazida O‘zbekiston Respublikasida dasturiy byudjetlashtirish tizimini samarali joriy etish bo‘yicha trening o‘tkazildi.

Vazirliklar va idoralarning mas’ul xodimlari ishtirok etgan ushbu treningda O‘zbekiston Respublikasida dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etish, davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larning samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, shuningdek, ajratilgan mablag‘lar hisobidan erishilgan natijalarni (maqsadli indikatorlarni) baholash va hisobdorligini oshirish masalalari haqida so‘z bordi.  

Tadbirni tashkil etishdan maqsad esa mutaxassislarning institutsional salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda Iqtisodiyot va moliya vazirligining mutaxassislari tomonidan dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etish amaliyoti va istiqboldagi rejalar yuzasidan taqdimotlar qilindi.  

Vazirlik bo‘lim boshlig‘i Sherxon Sayfutdinov taqdimot jarayonida byudjet xarajatlarining samaradorligini va natijadorligini oshirishda dasturiy byudjetlashtirish tizimining ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.  

– Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini va byudjet mablag‘laridan foydalanishning natijalarini hisobga olgan holda, strategik maqsadlar asosida ishlab chiqilgan dasturlarni amalga oshirish muhim. Ularning natijalari bilan O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarini taqsimlash jarayonining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydigan byudjet ijrosini rejalashtirish, bajarish va nazorat qilish tizimi yaratiladi. Maqsadli indikator haqida gapiradigan bo‘lsak, bu rivojlantirish dasturlarida belgilangan maqsadlarga pirovardida erishiladigan sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini baholashda foydalaniladigan ko‘rsatkichdir. Yakuniy natija ko‘rsatkichi esa erishiladigan asosiy maqsadni tavsiflovchi ko‘rsatkich bo‘lib, mablag‘ taqsimlovchi organlarning tegishli faoliyat sohasidagi vaziyatining sifat va miqdoriy o‘zgarishini aks ettiradi. Bu kabi tizimdagi maqsad va vazifalar haqida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish ushbu yo‘nalishda ishlayotgan mutaxassislar uchun juda zarurdir. Ikki kunlik treningda bu borada taqdimotlar qildik, – dedi Sh.Sayfutdinov.  

Qayd etilganidek, byudjet xarajatlarining samaradorligini va natijadorligini oshirishda dasturiy byudjetlashtirish tizimining joriy etilishi natijasida vazirliklar va idoralarga ajratilgan byudjet mablag‘larining samaradorligi va natijadorligini baholash mexanizmi yaratiladi. Byudjetdan ajratilgan mablag‘larning samaradorligi va natijadorligi yuzasidan vazirliklar va idoralarning parlament va jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshadi. Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari mablag‘lar hamda grant mablag‘laridan foydalanishning shaffofligi va ochiqligi ta’minlanadi.  

Trening yakunida mutaxassislar ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berdi.  

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA