Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Byudjet mablag‘larini talon-taroj qilgan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
09:54 / 2023-03-30

Buxoro viloyati huquq tartibot idoralari, davlat moliyaviy nazorati viloyat boshqarmasi tomonidan Olot tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga 2019-2022 yillarda davlat byudjetidan yo‘l qurilishi uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.

Natijasi Olot TYFUK mansabdor shaxslari tomonidan 2020 yilda Shofirkon TYFUKdan haqiqatda olinmagan va tashilmagan 5 ming 930 tonna qum-shag‘al aralashmasi mahsulotlari uchun tovar-transport yuk xatlarini rasmiylashtirish, ularga soxta ma’lumotlar kiritish orqali, bajarilgan ishlar dalolatnomasiga 589 million 110 ming so‘mlik xizmatlar qo‘shib yozilib, ular to‘lovga taqdim qilingan. Natijada juda ko‘p miqdordagi byudjet pul mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

Shuningdek, Olot TYFUK mansabdor shaxslari o‘z mansab vakolatlariga sovuqqonlik bilan yondashib, 2019-2022 yillarda Shofirkon tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi (Shofirkon TYFUK)dan olingan qum-shag‘al aralashmasi mahsulotlarini, qurilish ob’ektiga tashilganligi haqida rasmiylashtirilgan tovar-transport yuk xatlaridagi 130-150 kilometr masofaga tashishning 1 tonna/km narxini O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Davlat qo‘mitasi “Yo‘l loyiha Ekspertizasi” unitar korxonasi tomonidan tasdiqlangan mashina-mexanizm va transportda tashish xarajatlari kalkulyatsiyasida belgilangan me’yorlarda ko‘rsatilishini ta’minlamagan. Buning natijasida, yuk tashish korxonalariga 521 million 942 ming so‘m byudjet pul mablag‘lari ortiqcha to‘lanib, korxona manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Shu bilan birga Olot TYFUK yuk tashish xizmati ko‘rsatish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq, xizmat ko‘rsatilganidan so‘ng, ijro hujjatlari asosida to‘lov amalga oshirilishi lozim bo‘lsada, Olot TYFUK mansabdor shaxslari tomonidan o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan. Tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatilmasdan, 2020 yilda 5 ta holatda 249.584.300 so‘m, 2021 yilda 2 holatda 257.657.900 so‘m to‘lov amalga oshirilib, 507.242.200 so‘mlik debitor qarzdorlik yuzaga kelgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 iyuldagi 347-sonli “Muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzlar paydo bo‘lganligi uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar rahbarlarining javobgarligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori talablariga zid ravishda, ushbu debitor qarzdorlikni undirish bo‘yicha lozim darajada choralar ko‘rilmay, korxona manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Olot tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

 

Zarif Komilov,

O‘zA