Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish, bajarilmagan ishlar uchun ish haqi to‘lash holatlari aniqlandi 
14:30 / 2024-06-21

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha ijrosi yuzasidan Ibn Sino nomidagi 1-sonli Toshkent shahar klinik shifoxonasida byudjet mablag‘laridan foydalanish, tizimdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish masalalari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. 

O‘rganishda tibbiyot muassasasida byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va talon-toroj qilish, amalda bajarilmagan ishlar uchun oylik ish haqi to‘lanishi, tibbiy jihozlardagi kamomad, davlat xaridlari jarayonlari bilan bog‘liq qator qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. 

Xususan, tashkilot mansabdor shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda shifoxonada amalda bir qator lavozimlar mavjud bo‘lsada, boshqa fuqarolar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzgan va amalda bajarilmagan ish uchun ularga doimiy ravishda oylik ish haqi to‘lab kelingan. Natijada juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan. 

Agentlik taqdim etgan hujjatlar asosida prokuratura organlari tomonidan yuqoridagi holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

N.Abduraimova, O‘zA