Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazorat kuchaytiriladi
15:41 / 2024-07-12

Joriy yilning 10 iyul kuni “Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmonga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:

— O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjeti ijrosi tashqi auditdan o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlanadi;

— 2025 yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlar faoliyatini auditdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

— strategik va axborot texnologiyalari auditi turlari joriy etiladi;

Hukumat tomonidan O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni Hisob palatasiga tashqi audit o‘tkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5 martigacha yuborish tartibi belgilandi.

2024 yildan O‘zbekistonning barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalariga erishish dasturlarining ijrosi har yili Hisob palatasi tomonidan baholashdan o‘tkaziladi hamda natijalari yuzasidan Prezidentga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot kiritiladi.

O‘zA