Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Byudjet kodeksiga o‘zgartishlar kiritiladi
09:34 / 2022-11-01

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Adolat» SDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ijtimoiy-iqtisodiy sohani yanada takomillashtirish, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.

«Davlat moliyaviy nazorati tizimi hamda beg‘araz yordam doirasida keltirilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatini oshirish hamda tibbiy asbob-uskunalardan samarali foydalanish maqsadida bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga beg‘araz yordam doirasida keltirilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyatini yaratish talab etilmoqda. Shu bois, bepul xizmatlar ko‘rsatiladigan tibbiyot muassasalarida beg‘araz yordam doirasida kelgan asbob-uskunalardan bepul xizmatlar ko‘rsatish davom ettiriladi.  

Faqat pullik xizmat ko‘rsatiladigan tibbiyot muassasalarida beg‘araz yordam doirasida kelgan tibbiy asbob-uskunalardan pullik xizmat ko‘rsatishda foydalaniladi. Amalda esa beg‘araz yordam doirasida berilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyati faqatgina davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladigan shaxslargagina berilgan.  

Deputatlarning aytishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi davolash profilaktika muassasalarida beg‘araz berilgan tibbiy asbob-uskunalardan qo‘shimcha ravishda pullik xizmatlarni ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hisobiga tibbiy uskunalarni saqlash xarajatlari qoplanadi. Bu bilan byudjet mablag‘larining iqtisod qilingan qismi tibbiyot muassasalarining zaruriy boshqa ehtiyojlari uchun yo‘naltiriladi.  

Fraksiya a’zolari muhokamalar davomida mazkur qonun loyihasining bugungi kundagi ahamiyati va zaruratini e’tiborga olib, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.  

 

M.Komilova, O‘zA