Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BYD “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi ko‘tarinki ruhda o‘tdi
09:42 / 2024-06-29

Mamlakatimizning 16 shahrida “Olympic day”, “Vatan Qalqoni” va “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan BYD “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda ishtirokchilar 3 kilometr masofada o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Poytaxtimizdagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida  o‘tgan BYD “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasining ochilish marosimida O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikromov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotib va triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov va Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda ommaviy sportga va aholini sog‘lom turmush tarziga targ‘ib etish maqsadida bir necha yildan beri o‘tkazilib kelinayotgan “Yangi Nafas” an’anaviy ommaviy yugurish musobaqasi aholi o‘rtasida jadal ommalashayotganini qayd etishdi.  

[gallery-18054]

Ochilishi marosimidan so‘ng sport vaziri boshchiligidagi ishtirokchilar start chizig‘iga jam bo‘ldi.  

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu ommaviy yugurish musobaqasi O‘zbekiston Respublikasi sport, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

“O‘zbekneftgaz” AJ va mamlakatimiz yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etildi.  

“Olympic day”, “Vatan Qalqoni” va “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan BYD “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasida maktab o‘quvchilari, talabalar, sayyohlar, tadbirkorlik va davlat tuzilmalari vakillari, harbiy xizmatchilar, jamoat arboblaridan iborat 60 mingga yaqin kishi ishtirok etdi.

An’anaviy ommaviy yugurish musobaqasi Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nurafshon, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi, Buxoro, Qorovulbozor, G‘uzor, Urganch va Nukus shaharlarining markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tdi.

Do‘stona ruhda o‘tkazilgan mazkur BYD “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasida mag‘lublar bo‘lmadi va barcha qatnashchilar maxsus medallar bilan taqdirlandi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/_OkNogFc7Zw?si=AaWlFB5LrHD3pPhc" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA