Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“BYD Seagull”ni jarima maydonidan izlang
08:29 / 2025-07-16

Namanganda Bosh prokuratura Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tomonidan ish yurituvidagi banklar foydasiga undiruv bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Xususan, boshqarmaning Alohida muhim ijro hujjatlarini ijro etish va qidiruv sho‘’basi xodimlari hamkorligida olib borilgan tadbir davomida garovdagi  “BYD Seagull” rusumli transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi. 

MIB viloyat boshqarmasi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor S.T. dan “Turonbank” Namangan bank xizmatlari markazi foydasiga 133 238 647,73 so‘m kredit qarzdorlikni undirish belgilangan va ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlik garovdagi xorijda ishlab chiqarilgan mashinaga qaratish ko‘rsatilgan. 

Ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari olib borildi. Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorga tegishli 2023 yilda ishlab chiqarilgan “BYD Seagull” mashinasi topilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.