Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buzilgan savdo do‘koni uchun kompensatsiya undiriladi
20:26 / 2024-03-02

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Namangan shahrining Dambog‘ mahallasida yashovchi fuqaroning shahar hokimining tegishli qarori bilan buzilgan viloyat markazining Uychi ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni bino-inshootlari uchun kompensatsiya pullari undirish bo‘yicha qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

– O‘rganishlarimiz davomida aniqlanishicha, yo‘l-transport va muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasini yanada takomillashtirish, magistral ko‘chalar bo‘yicha zamonaviy obyektlar qurish, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish asosida Namangan shahar markaziy qiyofasini arxitektura talablari asosida tubdan yangilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimining tegishli farmoyishlariga asosida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari bajarilgan, – deydi Namangan viloyati adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Dilshodbek Abdullayev. – Shu sababli Uychi ko‘chasida turar-noturar joy obyektlarining buzilishi paytida tadbirkorga qarashli savdo do‘koni ham buzilgan. Biroq fuqaroga kompensatsiya pullari to‘lab berilmagan.  

Viloyat adliya boshqarmasining o‘rganishlari davomida murojaat egasiga to‘lanmay kelinayotgan pullarni undirib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish munosabati bilan yetkazilgan zararni, ya’ni baholash hisobotidagi 466 million 186 ming 939 so‘m miqdoridagi kompensatsiya pulini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi va murojaat ijobiy hal etildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri