Abduxoliq TASHANOV professor falsafa fanlari doktori (DSc) Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada buzg‘unchi g‘oyalar va buzg‘unchilikni o‘rganishning falsafiy-antropologik jihatlari o‘rganilib, insonning tabiati, uning ongi va e’tiqodlari bilan bog‘liq asoslarning buzilishi, insonning buzg‘unchilikka moyilligi, buzg‘unchi xulq-atvorning asosiy sabablari, ijtimoiy rollar va meyorlarning buzilishi, insonning madaniyat va ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanishidagi muammolar tahlil qilingan. Shuningdek, evolyutsion antropologiya, psixoanalitik nazariya, madaniy relyativizm kabi nazariyalarda inson buzg‘unchiligiga qarshi choralar o‘rtasidagi bog‘liqlik inson tabiatini, uning ijtimoiy faoliyatini va ma’naviy qadriyatlarini tushunish orqali o‘rganilishi bayon qilindan.
Tayanch so‘zlar: buzg‘unchi g‘oyalar, buzg‘unchilik, falsafiy antropologiya, inson tabiati, ong, e’tiqodlar, moyillik, buzg‘unchi xulq-atvor, ijtimoiy rollar, meyorlar, evolyutsion antropologiya, ma’naviy qadriyatlar.