Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuklar merosi – yoshlar qalbida
10:36 / 2026-02-14

O‘zbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Nukus shahri 32-son umumta’lim maktabida o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandalari – Alisher Navoiyning 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 543 yilligi munosabati bilan “Ikki buyuk siymo” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi vakillari, partiya faollari, pedagoglar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar buyuk ajdodlarimizning o‘zbek va jahon adabiyoti, ilm-fan hamda davlat boshqaruvi tarixidagi beqiyos o‘rniga alohida to‘xtalib, ularning boy ma’naviy merosi bugungi yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ulug‘ mutafakkirlarning g‘azal va ruboiylaridan namunalar ifodali o‘qildi, ularning asarlarida ilgari surilgan vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, ilmga intilish va adolat g‘oyalari keng yoritib berildi. Ayniqsa, Navoiyning turkiy adabiyot ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda Boburning shoh va shoir sifatidagi serqirra faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA