Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Buyuk yurt uchun” tanlovi gʻoliblari
20:14 / 2019-12-18

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni kashf etish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.


Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni kashf etish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlarning bandligini taʼminlash, hayotda oʻz yoʻlini topishga qiynalayotgan yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar dasturining 35-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoʻshma qarori asosida tashkil etilgan ijodkor yoshlar oʻrtasidagi “Buyuk yurt uchun” ijodiy tanlovi ham ana shu ezgu ishlarning yaqqol ifodasidir.

photo5463092628808642248.jpg

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mazkur tanlov gʻoliblari taqdirlandi. Ushbu tanlov mamlakatimizda 18-30 yoshgacha boʻlgan ijodkor yoshlar oʻrtasida ijodga, adabiyotga, kitobga qiziqishni oshirish, yurtga cheksiz sadoqatni badiiy ijodda aks ettira olish iqtidorini aniqlash maqsadida publitsistika, nazm va nasr yoʻnalishlarida shu yilning sentyabr, oktyabr oylarida ikki bosqichda oʻtkazildi.

Viloyatlar va Toshkent shahridan taqdim etilgan ijodiy ishlar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi ishchi guruhi tomonidan oʻrganib chiqildi va har bir yoʻnalish boʻyicha eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlar saralandi.

photo5463092628808642247.jpg

Tanlovda respublika miqyosida 300 nafardan ortiq yosh ijodkor oʻzlarining mualliflik ishlari bilan ishtirok etdi..

Nazm yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻringa samarqandlik Kamola Musulmonova, 2-oʻringa xorazmlik Rahmatjon Bobojonov, 3-oʻringa andijonlik Nurillo Abdushukurov, nasr yoʻnalishida 1-oʻringa qashqadaryolik Azizbek Norov, 2-oʻringa samarqandlik Sardor Temirxonov, 3-oʻringa xorazmlik Jumanazar Yoʻldoshev, publitsistika yoʻnalishida 1-oʻringa fargʻonalik Madaminjon Solijonov, 2-oʻringa xorazmlik Otaxon Nafullayev, 3-oʻringa toshkentlik Otabek Isroilovlar munosib topildi. 

photo5463092628808642246.jpg

Gʻoliblar uyushma tomonidan mukofotlandi, faol qatnashchilarga sertifikat, esdalik sovgʻalari topshirildi.

photo5463092628808642249.jpg