English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk sohibqiron yod etildi
00:03 / 2020-04-10

Bugun buyuk sarkarda, jahongir Amir Temur tavallud topgan kun.


Bugun buyuk sarkarda, jahongir Amir Temur tavallud topgan kun. Har yili bu sanada viloyat hokimligi va jamoatchilik vakillari sohibqiron va temuriylar mangu orom topgan maskanni ziyorat qilib, shahar markazidagi Amir Temur haykali poyiga gullar qoʻyar edi.

Bu yil, ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish uchun karantin eʼlon qilinganligi sababli, ushbu sanaga moʻljallangan tadbirlar tor doirada oʻtkazildi.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov va bir guruh faollar Amir Temur maqbarasini ziyorat qildi. Sohibqiron haqiga qurʼon tilovat qilinib, qurbonlik amalga oshirildi. Yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xalqimizga omonlik soʻraldi.