English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk shaxslar mangu yashaydi
15:49 / 2016-09-04

Jizzax viloyatidagi umumta’lim maktablarida ham yangi o‘quv yili O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darsi” bilan boshlandi.

Jizzax viloyatidagi umumta’lim maktablarida ham yangi o‘quv yili O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darsi” bilan boshlandi.

Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi namunali ta’lim maskanlaridan. Matematika, biologiya, kimyo, fizika, ingliz tili chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan maktab o‘quvchilari turli bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

– “Xotira darsi”da mustaqilligimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz tarixan qisqa davrda barcha sohalarda olamshumul yutuq va marralarni qo‘lga kiritgani to‘g‘risida keng ma’lumot berildi, – deydi maktab direktori D.Sadriddinova. – Tajribali pedagoglar o‘tkazgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning mana shunday zamonaviy binolarda ta’lim-tarbiya olayotgani Prezidentimizning yoshlarga alohida e’tibor qaratib, farzandlarimiz hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda unib-ulg‘ayishi lozim, degan ulug‘ maqsad yo‘lida o‘zini ayamasdan qilgan fidokorona mehnatlari samarasi ekani haqida so‘zlab berildi. Dars yoshlarimizning Vatanimiz tarixi, Prezidentimiz hayoti va faoliyati haqidagi bilimini yanada boyitish, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qiladi.