Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga bo‘lgan e’tibor bilan chambarchas bog‘liq.
Shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi keng nishonlanmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida bo‘lib o‘tdi.


“Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat” mavzusida tashkil etilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanida Sohibqiron Amir Temurning bunyodkorlik ishlari, harbiy yurishlari va ilmi, milliy davlatchiligimiz tarixida nafaqat yetti iqlim sultoni sifatida, balki yurt obodligi va xalq farovonligi yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safarbar etgan buyuk davlat arbobi ekani alohida qayd etildi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona yurtga cheksiz mehr-muhabbat hamda sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, vatanparvarlik, xalqparvarlik fazilatlarini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan anjuman doirasida badiiy va tariximizga oid kitoblar yarmarkasi ham tashkil etildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA