Taniqli niderlandiyalik madaniyat va san’at arbobi Burxoniddin Charlak O‘zbekiston, Tojikiston va Afg‘oniston hududidan o‘tuvchi marshrut bo‘yicha velotur loyihasini ishlab chiqdi.
«Dunyo» axborot agentligining xabariga ko‘ra, veb-сайтида qayd etilishicha, «Rumiy izi» veloturining uzunligi 1,433 kilometrni tashkil etadi va u Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini kesib o‘tadi.
O‘zbekiston hududi orqali taklif etilayotgan marshrut natijasida mamlakatimizning qadimiy Ipak yo‘lida joylashgan shaharlari velotur ishtirokchilarida katta taassurot qoldiradi.
«O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yorqin davlatlardan biridir, – deb yozadi Burxoniddin Charlak. – Albatta, ko‘p odamlar Buyuk ipak yo‘li haqida eshitgan. Lekin Ipak yo‘lida hali ko‘pchilikka noma’lum ajoyib, go‘zal shaharlar bor. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlardagi minora va masjidlarning go‘zalligi sizni maftun qiladi. «Rumiy izi» velo-safari davomida siz jahon madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz».
Velotur ishtirokchilari noyob sovg‘alar xarid qilish, samimiy va mehmondo‘st savdogarlar bilan muloqot, qolaversa, poytaxt Toshkentda ham bo‘lib, zamonaviy megapolisning me’morchilik durdonalari, go‘zal binolari va metro bekatlaridan biri bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qayd etish joizki, bu kabi amaliy sa’y-harakatlar yurtimizning dunyo sahnidagi madaniy, tarixiy ahamiyatini oshirib, sayyohlik salohiyatini yuksaltirishga ham hissa qo‘shadi.
Muhtarama Komilova, O‘zA