Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk davlat arbobi, olim va shoirga ehtirom ramzi
10:31 / 2026-02-14

Bugun xalqimiz o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligini keng nishonlamoqda.

Bobur podshoh sifatida amalga oshirgan ishlari, shoir va olim sifatida yaratgan badiiy va ilmiy asarlari bilan jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk shaxslardan biri hisoblanadi. 

Shu bois ham, buyuk ajdodimiz nomi nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda ma’lum va mashhurdir. Yurtimizda, xususan, u tug‘ilib o‘sgan Andijonda ko‘plab maskanlarga uning nomi berilgan. Ya’ni, bugungi kunda  Andijonda quyidagi maskan, muassasa, ko‘cha va maydonlar ulug‘ shoir nomi bilan ataladi:

Bobur shahri;

Z.M. Bobur nomli Andijon davlat universiteti;

Z.M.Bobur nomli viloyat axborot-kutubxona markazi;

Andijon shahridagi Bobur maydoni;

Z.M.Bobur nomli viloyat musiqali drama teatri;

Z.M.Bobur nomli “Andijon” aeroporti;

Andijon shahridagi Bobur shohko‘chasi;

Z.M.Bobur nomidagi milliy istirohat bog‘i (“Bog‘i Bobur”);

Andijon shahridagi “Bobur arena” stadioni;

Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi;

Bobur nomli sihatgoh (Andijon tumani).

[gallery-27658]

Bundan tashqari, viloyatdagi o‘nlab mahallalar, umumta’lim maktablariga ham Z.M.Bobur nomi berilgan. 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto), O‘zA