Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniyaning Vestminster universiteti prezidenti Olimpiya shaharchasining imkoniyatlarini e’tirof etdi
10:58 / 2025-10-22

Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy davlatlarning vakillari, xalqaro tashkilotlarning mutasaddilari uchun poytaxtimizda barpo etilgan Olimpiya shaharchasi bilan tanishish odat tusiga aylandi.

Qisqa fursatda bunyod etilib, o‘z faoliyatini boshlagan 100 gektardan oshiq maydonni qamrab olgan sportchilar maskanida bugungi kunda turli sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlar, xalqaro musobaqalar, o‘rtoqlik uchrashuvlari, birinchiliklar tizimli tarzda tashkil etilmoqda.

Kuni kecha yurtimizga kelgan dunyodagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Vestminster universitetining prezidenti, professor Piter Bonfild Olimpiya shaharchasidagi "Velodrom", "Markaziy o‘yingoh", "Suv sporti", "Jamoaviy sport turlari" va "Yakkakurash sport turlari" binolari va ularda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlari darajasidagi nufuzli kompleks sport o‘yinlarini qabul qila olish qudratiga ega mamlakat darajasiga ko‘tarilib borayotganini e’tirof etdi.

Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.Qosimov, Toshkent shahridagi xalqaro  Vestminster universiteti rektori K.Karimov hamda xorijiy delegatsiya vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar, sport ta’limi yo‘nalishidagi keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Do‘stona o‘tgan muloqot jarayonida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangicha loyihalar yuzasidan ko‘p qirrali munosabatlarda izchillikka erishish borasida takliflar ilgari surildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA