Buyuk Britaniyadagi barcha professional boks musobaqalari to‘xtatildi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida Buyuk Britaniya hududida o‘tishi belgilangan barcha professional boks musobaqalari yanvar oyida o‘tkazilmaydi.
Britaniya boks uyushmasi koronovirusning yangi to‘lqini mamlakat bo‘ylab keng yoyilishi natijasida ushbu qarorga kelganligini tasdiqladi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash tizimlarining ta’kidlashicha, agarki koronavirus bilan bog‘liq vaziyat fevral oyiga qadar davom etadigan bo‘lsa, cheklovlar keyingi oyda ham davom etishi ehtimoldan yiroq emas.
To‘lqin Ro‘ziyev,
O‘zA