Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniyada yangi koronavirusni yuqtirganlar bir oy ichida uch baravar ko‘paydi
22:27 / 2021-01-09

Birlashgan Qirollik milliy sog‘liqni saqlash xizmati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, Buyuk Britaniyada mutatsiyaga uchragan virusni yuqtirganlar soni dekabr oyida uch baravar ko‘paygan.

Dekabrning so‘nggi haftasida 311 ming 372 kishi virus yuqtirgani tasdiqlandi, bu juda dahshatli ko‘rsatkich.

Qayd etilgan ma’lumotlarga qaraganda, 2020 yil noyabr oyi so‘nggida mamlakatda 97 ming 340 kishida kasallik aniqlangan edi. Ammo dekabr oxiriga kelib yuqumli kasallikka chalinganlar soni uch baravar ko‘paydi.

Shu bilan birga, Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 7 yanvar kuni 1 ming 41 kishini tashkil qildi, o‘tgan yilning aprel oyidan beri birinchi marta koronavirusdan o‘lganlar soni kuniga ming kishidan oshdi.

5 yanvar kuni Buyuk Britaniya milliy statistika byurosi mamlakatda 1,1 millionga yaqin odam koronavirusning yangi turini yuqtirganini e’lon qildi.

Sautgempton universitetining sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassisi, doktor Maykl Xayd bu raqamni «juda yuqori» deb atadi. Hukumat vakillarining ta’kidlashicha, xavotirli o‘sishga Kent, London va janubi-sharqda paydo bo‘lgan virusning yangi o‘ta yuqumli varianti sabab bo‘lgan.

Hukumat yangi koronavirusning tahdid darajasini eng yuqori darajaga ko‘targan. Shu bois epidemiyani oldini olishning butun mamlakat bo‘ylab blokadasi fevral yoki mart oyining o‘rtalariga qadar davom etadi.

Shohida Jalilova