Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning faoliyati muhokama qilindi 
14:07 / 2024-09-23

Poytaxt hokimligida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimova va Buyuk Britaniyadagi O‘zbekiston talabalar ittifoqi rahbari Jasurbek Jabborov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning Toshkent shahrida amaliyot o‘tashi masalalari muhokama qilindi. Jasurbek Jabborov uchrashuv davomida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar uchun Toshkentda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi va bu borada o‘z takliflarini bildirdi. Durdona Rahimova talabalarning amaliyot o‘tashlari, ularni qo‘llab-quvvatlash va Toshkent shahridagi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish takliflarini yuqori baholadi. 

Uchrashuv yakunida talabalarning amaliyot o‘tashi kelajakdagi kasbiy faoliyatiga ijobiy ta’sir qilishi alohida ta’kidlanib, bu borada talabalarning amaliyot o‘tash jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha aniq harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA