English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniyada narxlarning o‘sishiga qarshi rekord darajadagi choralar ko‘rilmoqda
17:50 / 2022-08-04

Buyuk Britaniyaning markaziy banki sifatida faoliyat yurituvchi Angliya banki asosiy stavkani zudlik bilan 50 bazaviy punktga, yillik hisobda 1,75 foizga oshirdi, deyiladi "Lenta.ru" axborot portalining bank ma’lumotlariga asoslangan xabarida.

Mamlakatda narxlarning o‘sishi so‘nggi 27 yil ichida rekord darajani qayd etgan. Hukumat tomonidan narx-navoning oshishiga qarshi kurashish uchun pul-kredit siyosatini kuchaytirish chorasi qo‘llanilmoqda. 

Angliya banki ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada, shuningdek, butun Yevropada inflyatsiya bosimi «Gazprom» tomonidan gaz yetkazib berilishiga qo‘yilgan cheklov bilan bog‘liq gaz narxining ko‘tarilishi fonida sezilarli darajada o‘sib bormoqda va bu ta’minot kelajakda yanada qisqarishi kutilmoqda. 

Mamlakatda yilning to‘rtinchi choragida inflyatsiya 13 foizdan oshishi va kelgusi yil davomida yuqori darajada qolishi mumkin. Shuningdek, energetika inqirozi fonida mamlakat iqtisodiy o‘sish sur’ati sekinlash xavfi mavjud, deyiladi xabarda.