Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi tezlik bilan tarqalmoqda
Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok mamlakatda aniqlangan koronavirusning yangi varianti bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostidan chiqqanini ma’lum qildi, deyiladi “Sky News” xabarida.
“COVID-19 ning yangi shtammi tarqalishini nazorat qilib bo‘lmay qoldi, ayniqsa, Angliyaning kuchaytirilgan cheklov choralari ko‘rilgan tumanlaridagi odamlar o‘zini xuddi bu virus bordek tutishlari mumkin”, dedi vazir.
“COVID-19” ning yanada yuqumli varianti bo‘lgan mazkur virus juda tezlik bilan tarqalmoqda, shuning uchun hukumat majburiy tarzda ko‘rgan keskin choralar bir necha oyga, vaksina topilgunicha davom etadi, deb qo‘shimcha qildi u.