English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniyada “G7” sammiti boshlandi
09:13 / 2021-06-12

“Buyuk Britaniyaning Karbis-bey shahrida “Katta yettilik” sammiti boshlandi.

Sammitda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Fransiya, Italiya va Yaponiya mamlakatlarining rahbarlari ishtirok etmoqda, deb yozadi “Reuters” agentligi.

Uchrashuv uch kun davom etadi.

Britaniya raisligidagi bu sammit “Build Back Better”, ya’ni “Avvalgisidan yaxshirog‘ini bunyod etish” shiori ostida o‘tadi.

Sammitdagi masalalar qatorida, jumladan, korporatsiyalar uchun eng kam soliq miqdori 15 foizdan oshmasligi muhokama qilinadi, deyiladi Oq uy tarqatgan ma’lumotda.