Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tayotgan ovoz berish jarayonining birinchi bosqich yakunlari
18:27 / 2022-07-14

Hukmron Konservativ partiya yetakchisi va Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimiga nomzodlar sifatida ilgari surilgan bir partiyaning olti nafar deputati ovoz berish jarayonining ikkinchi bosqichiga o‘tdi. Bu haqida Euronews xabar qiladi.

Shu tariqa, sobiq Moliya vaziri Rishi Sunak, Xalqaro savdo bo‘yicha vazir o‘rinbosari Penni Mordont, Tashqi ishlar vazirligi vaziri Liz Trass, Parlament quyi palata qo‘mitasi raisi Tom Tugendxat, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha sobiq vazir o‘rinbosari Kemi Badenok hamda Angliya va Uels Bosh prokurori Suella Braverman zarur bo‘lgan 30 va undan ortiq ovozni to‘pladi.

Ovoz berish jarayonining ikkinchi bosqichi payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Iste’foga chiqqan Boris Jonson izdoshining ismi 5 sentyabr kuni e’lon qilinishi kerak.

Jahon matbuoti materiallari asosida Gulruh Abdullayeva tayyorladi, O‘zA