Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniya yozga kelib o‘zining kosmik qo‘mondonligini tashkil etadi
15:20 / 2021-03-17

Britaniya hukumati 2030 yilga kelib mamlakatning koinotdagi manfaatlarini kuzatish, himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deyiladi Londonning kelgusi 30 yilga mo‘ljallangan mudofaa va tashqi siyosat strategiyasida.

Mazkur hujjat kecha seshanba kuni e’lon qilindi.

«Buyuk Britaniya yo‘ldoshlar uchirish masalasida ittifoqchilariga qaram bo‘lib qolgan. Hukumat 2030 yilga kelib mustaqil vositalar hamda ittifoqchilar bilan hamkorlikda foydalanadigan vositalarni ishga solib, mamlakatning koinot kengliklaridagi manfaatlarini kuzatib borish, himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishiga umid qiladi. Shu maqsadda Koinot bo‘yicha milliy kengash joriy yilda Britaniyaning ilk koinot strategiyasini ishlab chiqadi. U o‘zida harbiy va fuqaro sohalarini qamrab oladi», - deyiladi hujjatda.

Koinot strategiyasi bo‘yicha kosmik qo‘mondonlikni 2021 yil yozgacha shakllantirish ko‘zda tutilmoqda, Shotlandiyadagi kosmodromning qurib bitkazilishi va Buyuk Britaniyaning o‘zida ishlab chiqarilgan yo‘ldoshlarning samoga uchirilishi 2022 yilda amalga oshiriladi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya yadroviy salohiyatini oshirishni mo‘ljallayotganini ham tasdiqladi

Britaniya jangovar yadro kallaklarini 260 tagacha ko‘paytirishni rejalashtirayotgani haqda bayonot berdi.

Hozirda Buyuk Britaniyaning yagona yadro qurollari tizimiga ega Trident raketalari bilan jihozlangan Vanguard sinfidagi to‘rtta suvosti kemasi mavjud. Har bir suvosti kemasiga 40 ta termoyadro jangovar kallaklar joylashtirilgan.