Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniya va Italiya O‘zbekistonning qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi faolligini qo‘llab-quvvatlaydi
19:54 / 2022-05-30

Jahon  matbuoti sahifalarida

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi poytaxtimizdagi Turin politexnika universitetida  qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha o‘tkazilgan  anjumanni qo‘llab-quvvatladi. 

Ikki  mamlakat elchixonasi o‘rtasidagi ushbu qo‘shma tashabbus BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining XXVI konferensiyasiga birgalikda raislik qilayotgan Italiya va Buyuk Britaniya uchun ramziy ahamiyatga ega.

Buyuk Britaniya past uglerodli energiya bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. “Biz O‘zbekiston hukumati va qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha Britaniya kompaniyalarining top-menejerlari uchrashuvini tashkil etishda yordam berishga tayyormiz”, - dedi BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining mintaqaviy elchisi Devid Moran.

O‘zbekiston delegatsiyasining Misrga tashrifi ushbu mamlakat ommaviy axborot vositalarida

Misr bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqovning ushbu mamlakatga safari, tashrif doirasida vazir o‘rinbosari tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvning 10-davrasida, ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etgani, qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazgani keng yoritilmoqda. Xususan, «Evrasiadiary» axobrot portalida mamlakatimiz elchixonasi tomonidan tashkil etilgan amaliy simpozium to‘g‘risida maqola chop etildi. “Misr va O‘zbekiston diplomatik munosabatning 30 yilligini nishonlaydi” sarlavhali material  muallifi, “Xivar”siyosiy va axboriy tadqiqot markazi bo‘lim mudiri Ahmad Tarabik F.Sidiqov tadbir avvalida Misr va O‘zbekiston xalqlarini bog‘lab turgan ko‘p asrlik tarix haqida so‘zlaganini yozadi. “Misr O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatda faol ochiqlik siyosati olib borilmoqda, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalari jadallashmoqda”- deya xulosa yasaydi muallif o‘z maqolasiga.

I. Abdumalikzoda, O‘zA