Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniya Ukrainaga navbatdagi harbiy ko‘mak yukini yuboradi
12:00 / 2022-02-24

“INTERFAX.RU” xabariga qaraganda, Buyuk Britaniya yaqin kunlarda Ukrainaga yangi harbiy ko‘mak paketini yuboradi.

Bu haqda bosh vazir Boris Jonson parlamentdagi chiqishida bayonot berib, bu paket mudofaa qurollari va qirg‘in keltirmaydigan vositalardan iborat bo‘lishini aytdi.

Chorshanba kuni Britaniya Ukrainaga iqtisodiy ko‘mak paketini yuborishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 21 fevralda Rossiya Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarni tan olganidan so‘ng Buyuk Britaniya va Yevroittifoq Moskvaga iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llashga qaror qilgandi.

N.Toshpo‘latova