Buyuk Britaniya Ukrainaga “Brimstone” sinfidagi raketalarni yetkazib bermoqchi
Buyuk Britaniya Ukrainaga “Brimstone” sinfidagi yuqori texnologiyali raketalarni yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Birlashgan Qirollik mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeyms Xippining so‘zlariga ko‘ra, “Brimstone” yaqin bir necha hafta ichida, ehtimol, parlament qirolicha taxti nutqi oldidan tanaffusda bo‘lgan vaqtda yetkazib berilishi kutilmoqda.
Yelizaveta II ning an’anaviy ravishda parlamentning yangi sessiyasi ochilishidagi nutqi 10 mayga belgilangan.