Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniya Ukraina uchun 500 kilometrga uchadigan raketa ishlab chiqaradi
16:57 / 2026-01-12

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi veb-saytida tarqatilgan matbuot xabarnomasida Qirollik Kiyev uchun Ukrainaning o‘t otish kuchini oshiradigan, 500 kilometrdan ortiq masofaga ucha oladigan yangi rusumli taktik ballistik raketa ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilgani aytilgan.

Ta’kidlanishicha, loyiha doirasida tayyorlanadigan mazkur harbiy qurilma 200 kilogrammlik jangovar kallak bilan jihozlanadi.

Bu boradagi tegishli buyurtma 2025 yil avgust oyi oxirida berilgan.

Ukrainaga qurol yetkazib berilishi tinchlik kelishuviga xalaqit berishini takrorlab kelayotgan Rossiya NATO davlatlari mojaroga bevosita jalb qilinayotgani va bu holat “olov bilan o‘ynashish” ekanini ta’kidlamoqda. Xususan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun mo‘ljallangan qurollarni o‘z ichiga olgan har qanday yuk RF tomonidan qonuniy nishon sifatida baholanishini aytgan.

S.Rahimov, O‘zA