Yurtimizga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya Bosh vazirining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha maxsus savdo vakili lord Jon Alderdays boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda bo‘ldi.
O‘zaro savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan tashrif doirasida mehmonlarni Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat hokimi Adiz Boboyev kutib oldi.
Tashrif rejasiga ko‘ra mehmonlar Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan sohalar bo‘yicha o‘zaro ma’lumot almashib, hamkorlik istiqbollari haqida fikrlashdi.
[gallery-27673]
Shundan so‘ng, delegatsiya Samarqanddagi tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklarda bo‘lib, yurtimiz tarixi, boy madaniy merosi, ulug‘ ajdodlarimizning ilm-ma’rifat, madaniyatni rivojlantirish borasida amalga oshirgan islohotlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.
Mehmonlar Samarqand temiryo‘l vokzalidan Navoiy shahriga kuzatildi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA